Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida 26-may, dushanba oqshomida Premer-ligadagi g'alaba sharafiga o'tkazilgan parad chog'ida xuddi shu nom bilan ataladigan “Liverpul” futbol klubi muxlislarini avtomobil bosib ketdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Sky News va The Guardian nashrlari xabar bermoqda.

Voqea mahalliy vaqt bilan taxminan 18:00 da Voter-strit ko'chasida sodir bo'lgan. “Liverpul`”ning minglab muxlislari futbol bo'yicha Angliya chempionatidagi g'alabani nishonlash uchun shahar ko'chalarida saf tortishdi.

Voqea joyiga qutqaruv xizmatlari tezda yetib keldi. Mashina voqea joyida to'xtatilgan, uni boshqargan erkak huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo'lga olingan. Gap 53 yoshli britaniyalik haqida ketmoqda.

Hozircha qancha odam jabrlangani va qurbonlar bor-yo'qligi noma'lum. Tez yordam xizmati “vaziyatni baholamoqda”, deb xabar beradi korrespondent.net.

BBCning qayd etishicha, voqea joyidan kamida uch nafar jarbrlanganlar olib ketilganini ko'rishgan.

Voqea sodir bo'lgan Voter-strit ko'chasidagi Bespoke Signature tikuvchilik do'konining egasi The Telegraph nashriga jabrlanganlar soni boshqacha ekanligini aytdi.

“Avtomashina to'xtatildi. Bilishimcha 17 kishi jarohat olgan, ularga yordam ko'rsatilmoqda”, dedi u.

Bosh vazir Kir Starmer va ichki ishlar vaziri Ivett Kuper voqea yuzasidan faol yangiliklarni kutmoqda.

“Liverpuldagi voqealar dahshatli. Men yaralangan yoki jabrlanganlarning har biri haqida o'ylayapman. Menga voqea yuzasidan muntazam ma'lumot berib turishibdi va politsiyaga tergov o'tkazish uchun bo'sh joy ajatishlarini so'rayman”, dedi Starmer.