54 nafar harbiy xizmatchiga tavsiyanomalar berildi

    Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtagan xizmatchilarni kuzatish tadbiri boʻlib oʻtdi.

    Bugun yigitlik burchini va xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajargan Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtagan xizmatchilarni kuzatish tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.

    Gavhar Alimova xizmat majburiyatlarini, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sidqidildan bajargan harbiy xizmatchilarni muborakbod etdi va ularning kelgusidagi ishlarida muvaffaqityalar tiladi.

    Tadbir davomida jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarning 54 nafariga oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar taqdim etildi.

    — Bugun mening hayotimda unutilmas kun boʻlib qoladi. Kelgusida Vatanimiz tinchligini asrashda oʻz fidoyiligimiz, shuningdek yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib qoʻshishda oʻz bilimimiz bilan munosib hissamizni qoʻshamiz, — deydi oddiy askar Muslimbek Umaraliyev.