Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona postiga xorijdan keltirilgan “mebel ishlab chiqarish uchun plastik qatlamli qogʻoz” tovarlarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan elektron bojxona deklaratsiyasi hamda yuk hujjatlari asosida bojxona koʻrigi oʻtkazildi.
Bojxona koʻrigi davomida bojxona yuk deklaratsiyasida mazkur tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodlari notoʻgʻri tasniflanganligi aniqlandi.
Natijada, qiymati 570 mln. soʻmlik tovarlar vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.