59-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi: Oʻzbekiston terma jamoasi eng yaxshi 3 jamoadan biri boʻldi

    Shu yilning 5-13-may kunlari Braziliyada tashkil etilgan 59-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida dunyoning 40 davlatidan kelgan 192 nafar oʻquvchi kuch sinashdi.

    Oʻzbekiston terma jamoasi yakuniy natijalarga koʻra 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medal sohibi boʻldi.

    Eslatma: 2024-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega boʻlgandi.