Joriy yilning 04-yanvar kuni Fargʻona viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Buvayda tumanida 2022-yilning dekabr oyidan buyon noqonuniy diniy taʼlim berish bilan shugʻullanib yurgan shaxsning qilmishlariga chek qoʻyildi.

Aslida Jov mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi S.H ismli fuqaro yashash xonadonida jami 6 nafar shaxsga noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotgani aniqlangan. Eng ajablanarlisi, undan dars olayotganlarning 5 nafari voyaga yetmaganlar boʻlib, turli tumanlardan kelib tahsil olayotganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.