6-noyabr kungi ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Maʼlum qilinishicha,

    ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 10-15 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.

    Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Surxondaryo viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlar;

    havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.