Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, “chiroyli” raqamlar auksionga qoʻyilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

- 1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlangʻich narxlarda auksionga qoʻyiladi (harflari bir xil kombinatsiyada boʻlgan raqamlardan tashqari);

- 4-6-toifadagi raqamlar auksiondan olinib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan “chiroyli” raqamlarning 1-3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qoʻyilishi mumkin.

Bunda ushbu raqamlarning auksionga qoʻyiladigan boshlangʻich narxlari quyidagicha belgilandi.