Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni boʻyicha eng koʻp Toshkent shahri (2950 ta) va Samarqand viloyatida (2569 ta) qayd etilgan boʻlsa, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni boʻyicha Toshkent shahri (2,1 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:
Qoraqalpogʻiston R. – 1056 ta
Andijon viloyati – 2532 ta
Buxoro viloyati – 1405 ta
Jizzax viloyati – 827 ta
Qashqadaryo viloyati – 2006 ta
Navoiy viloyati – 720 ta
Namangan viloyati – 2183 ta
Samarqand viloyati – 2569 ta
Surxondaryo viloyati – 1348 ta
Sirdaryo viloyati – 888 ta
Toshkent viloyati – 2535 ta
Fargʻona viloyati – 2527 ta
Xorazm viloyati – 1026 ta
Toshkent shahri – 2950 ta