Masalan, Byuroning Namangan shahar boʻlimi ish yurituviga Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 16-yanvardagi ijro hujjatiga asosan viloyat bojxona boshqarmasi foydasiga jami 1.321.170.967 soʻm qarz va davlat foydasiga 26.423.062 soʻm davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi hujjat mavjud edi.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida» gi Qonunning tegishli moddalariga asosan ijro ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hamda taraflarga yuborilgan.
Qarzdor jamiyatga ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan boshlab talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 15 kunlik muddat ham belgilangan. Biroq shu muddat ichida jamiyat tomonidan qarzdorlik bartaraf etilmadi.
Shundan soʻng, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi. Yaʼni, undiruv qarzdor jamiyatning hisob raqamlaridagi soʻmdagi pul mablagʻlariga qaratilgan holda band solindi. Bundan tashqari tegishli tashkilot, idoralarga mol-mulklarni aniqlash va qaratish maqsadida soʻrovnomalar ham yuborildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natija berib, jamiyatning qarzdorligi bojxona boshqarmasiga foydasiga undirib berildi. Amalda ijro harakatlari tamomlandi.
MIB Namangan viloyat boshqarmasi