Boshqarma tomonidan  joriy yilning bugungi kun qadar qanday ishlar amalga oshirildi?

2023-yilning oʻtgan davr mobaynida boshqarma tomonidan jami 5,9 trln. soʻmlik bojxona toʻlovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bojxona toʻlovlaridan 2,7 trln. soʻm imtiyozlar berildi, qolgan 3,2 trln. soʻm davlat byudjetiga oʻtkazilishiga erishildi.

Imtiyoz qoʻllanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metal hom ashyolar tashkil etadi.

Joriy yilning oʻtgan 6 oyi mobaynida 1,03 mlrd AQSH dollaridan ortiq boʻlgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yoʻnaltirildi.

Tovarlar 59 taga yaqin davlatlarga eksport qilingan boʻlib, asosiy hamkor davlatlar Turkiya, Qozogʻiston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston davlatlari hisobiga toʻgʻri kelmoqda.

Eksport qilingan asosiy tovarlar: Metallar va ulardan tayerlangan buyumlar, meva va sabzovot, transport va uning ehtiyot qisimlari, kalava ip, tukimachilik maxsulotlari, hisobiga toʻgʻri kelmoqda.

Bojxona postlarida 6 oyi davomida jami 66 964 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.

Bojxona yuk deklaratsiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi boʻyicha yoʻlaklar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, deklaratsiyalarning    32,3% “yashil yoʻlak”, 56,5% “sariq yoʻlak”, 11,2 “qizil yoʻlak” tartibida rasmiylashtirildi.

Sodda qilib aytganda, boshqarmada tadbirkorlarning 88 % yuklari soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi.

Boshqarmada bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish, kontrabandaga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi  boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yoʻnalishida 278,65kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida 46 mlrd 491mln. soʻmlga teng tovarlar oʻshlab qolindi,

Davlatimiz Aksiz markasi bilan markalanmagan 152 939 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi,

1 mln 42 ming AQSH dollari naqd xorijiy valyutasini bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha 8 mlrd.  192 mln soʻm qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.

 Shu oʻrinda fuqarolarga boshqarma faoliyatiga oid maʼlumotlarni telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali  https://t.me/tvbojxona
kanali orqali kuzatib borishlari, boshqarma faoliyatini takomillashtirish, eksport-import operatsiyalari bilan bogʻliq murojaatlarini boshqarmaning 70 kodi bilan 202-86-00 telefon raqamiga qungʻiroq qilishlari mumkinligini eslatib oʻtamiz.