6 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi eʼlon qilindi

    Joriy yilning 13-16-iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Oʻzgidromet xabariga koʻra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin:

    - Qashqadaryo viloyati — Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

    - Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;

    - Toshkent viloyati — Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

    - Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

    - Fargʻona viloyati — Soʻx, Fargʻona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;

    - Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

    Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻralmoqda.

    Shuningdek, respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.