60 000 AQSH dollari talab qilgan firibgar ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan N.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik manfaatlarini himoyaqilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.B. “A” MCHJ rahbari M.ga Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida qurilishi lozim boʻlgan umumiy qiymati 7,5 mlrd soʻmlik maktab binosi va Olmaliq tumanidagi 4,5 mlrd soʻmlik kapital taʼmirlash ishlarini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali olib berishga ishontirib, ushbu xizmati evaziga 60000 AQSH dollari miqdorida “otkat” talab qilib, oldindan 4000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan N.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.