60 foizgacha chegirma bilan talaba boʻling

    Xabaringiz bor, Davlat qabul komissiyasi majlis bayoni bilan qoʻshimcha tartiblar belgilandi.

    2024-2025-oʻquv yili uchun oʻtkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga koʻra:

    Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati yaratildi.

    Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni 15-oktyabrgacha toʻliq toʻlagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma belgilandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga muvofiq, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi OTM lariga oʻqishga kirishda qabul chegarasidan kam ball toʻplaganlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini ikki baravarga kamaytirish belgilab qoʻyilgan.

    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti (Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali) da ham ushbu imtiyozlardan samarali foydalanib talaba boʻling!


    Murojaat uchun telefonlar:

    +99890 6012814, +99897 3994630


    Reklama