60 nafarga yaqin fuqaro suvda cho'kib halok bo'ldi

    Mamlakatimizda joriy mavsumda shu kunga qadar 60 nafarga yaqin fuqaro suv havzalarida choʻkib halok boʻlgan.

    Oʻrganish natijalariga koʻra, ularning aksariyati ruxsat etilmagan joylarda choʻmilgan, ayrimlari esa oʻz ehtiyotsizligi natijasida suvga tushib ketgan. Bu haqda FVV maʼlum qildi.

    Yoz mavsumi boshlanganiga hali hechqancha vaqt boʻlmadi. Yuqoridagi raqamlar esa haqiqatda ayanchli, insonni xavotirga soladi. Hurmatli yurtdoshlar, ota-onalar, farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang, ularga taqiqlangan suv havzalarida choʻmilish aslo mumkin emasligini tushuntiring, deyiladi xabarda.