U bu ishni mansabdor tanishlari yordamida hal qilib berishini aytib, Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan 600 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 230 ming AQSH dollari va 840 million soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Maʼlum boʻlishicha, ushlangan shaxs muqaddam ham bir necha bor firibgarlik jinoyati uchun sudlangan. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.