63 kilometrli elektr uzatish tarmogʻi tiklanadi

    Energetika 24 Sentabr 2020 1292

    Energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash borasida Tojikiston Respublikasi bilan hamkorlikda bir qator investitsion loyihalar amalga oshirilyapti.

    Xususan, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida 500 kVli Gʻuzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmogʻini tiklash” investitsion loyihasi ishga tushgan.

    Loyiha doirasida 500 kVli Gʻuzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi. Loyihaning dastlabki qiymati 25 million dollarni tashkil etadi.

    Xalqaro tender tanlovlari natijalariga koʻra, Xitoyning Shanghai Electric Power Transmission & Distribution” kompaniyasi gʻolib deb topildi va mazkur investitsion loyiha ushbu kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.