654 ta koʻchmas mulk obyekti Davaktiv agentligiga davlat mulki sifatida oʻtkaziladi

    Mamlakatimizda 7 May 2021 936

    Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

    Davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan davlat ulushi mavjud tijorat banklarini transformatsiya qilish yoʻnalishlaridan biri – uning asosiy faoliyatiga mos boʻlmagan aktivlarini qisqartirish hisoblanadi.

    Bu boradagi islohotlarni davomi sifatida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori quyidagilarni nazarda tutadi:

    Birinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarning 654 ta koʻchmas mulk obyektlarini belgilangan tartibda Davaktiv agentligiga davlat mulki sifatida oʻtkaziladi;

    Ikkinchidan, 50 ta koʻchmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida, ular davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga davlat mulki sifatida belgilangan tartibda balans qiymatida operativ boshqarish huquqi asosida oʻtkaziladi;

    Uchinchidan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xoʻjalik jamiyatlariga 49 ta tashkilotning ustav kapitalidagi aksiya paketlari (ulushlari) balans qiymatida oʻtkaziladi;

    Maʼlumot uchun. QRda – 89 ta, Andijonda – 65 ta, Buxoroda – 39 ta, Jizzaxda – 24 ta, Qashqadaryoda – 136 ta, Navoiyda – 22 ta, Namanganda – 18 ta, Sirdaryoda – 17 ta, Samarqandda – 19 ta, Surxondaryoda – 39 ta, Fargʻonada – 66 ta, Xorazmda – 75 ta, Toshkent viloyatida – 113 ta, Toshkent shahrida – 31 ta obyekt

    Toʻrtinchidan, 654 ta koʻchmas mulk obyektlari baholangan qiymatda “E- auksion” elektron savdo maydonchasiga ommaviy savdolarga chiqariladi;

    Beshinchidan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilgan (49 ta) ulushlarni ommaviy savdolarga chiqarishning boshlangʻich narxi baholangan qiymatida belgilanadi.