Davlat bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarida hujjatlarda tovarlarga tegishli kodlarning oʻzgartirilgani fosh boʻldi.

Respublikamizdagi “R.T. 2020” nomli hamda “S.M.T” nomli masʼuliyati cheklangan jamiyatlar nomiga xorijdan keltirilgan matolar belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, bu tovarlar hujjatlarda koʻrsatilgan tasnifdagi emas, aksincha butunlay boshqa turdagi mato ekanligi aniqlandi.

Shunga koʻra, mazkur tovarlar “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda 674 mln soʻm (tovarning kelib chiqish sertifikati taqdim etilganda esa 316.8 mln soʻm) bojxona toʻlovlari undirilishi maʼlum boʻldi.

Mazkur holatlar yuzasidan har ikkala MCHJ vakillariga tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.