Xabarga koʼra, amaliyot viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi, mohir endovaskulyar jarroh Xurshid Hakimov boshchiligida oʼtkazilgan.

Bemor Tovboy Yaxshiboyev — 68 yoshda. Sayxunobod tumanining Gulbuloq mahallasidan. U mazkur muassasaga bir necha kun muqaddam arterial qon bosimi 220/160 mm. simob ustunidan tushmaganligi va qilingan muolajalar samara bermagani sababli murojaat qilgan.

Markaz mutaxassislari tomonidan funktsional va laborator tekshiruvlar oʼtkazilgach, bemorning buyrak arteriyasida aterosklerotik torayish aniqlandi. Shundan soʼng unda yuqori texnologik stentlash operatsiyasi bajarildi.

Аmaliyotdan soʼng qisqa vaqt ichida bemorning ahvoli ijobiy tomonga oʼzgardi. Shikoyatlar kamayib, umumiy ahvoli yaxshilandi. Hozir u shifokorlar nazorati ostida kerakli muolajalarni olmoqda.