6901 nafar bitiruvchi oltin va kumush medal olishi kutilmoqda…

    Ta'lim 25 May 2020 1882

    Joriy yilda, yurtimizda jami 6901 nafar o'quvchi oltin va kumush medalga da'vogar bo'lmoqda. Ulardan, 46 82 nafari oltin va 2219 nafari esa kumush medal sohibi bo'lishi kutilmoqda, -deydi xalq ta'limi vazirligi vakili.

    Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o'rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to'g'risida»gi nizomiga ko'ra, oltin medal umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to'g'risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo'lgan, umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 10- va 11-sinflari hamda akademik litseyda barcha fanlar bo'yicha yakuniy nazorat, chorak, yillik baholari a'lo bo'lgan, namunali xulq-atvorli, shuningdek, jamoat ishlarida faollik ko'rsatgan bitiruvchilarga berilishi belgilangan.

    Kumush medal umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to'g'risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo'lgan, umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida yoki akademik litseyda barcha fanlar bo'yicha yillik baholari a'lo bo'lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko'rsatgan bitiruvchilarga beriladi.