Oʻtgan oyda Nyu-Yorkdagi auksionda Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messining JCH-2022da oʻynagan 6ta futbolkasi auksionga qoʻyilgandi. Toʻplamda Messining guruh bosqichidagi ikki oʻyinda, 1/8 final, chorak final, yarim final va finalda kiygan futbolkalari bor edi.
Kim oshdi savdosida liboslar 7 803 000 dollarga sotildi.
Xabarlarga qaraganda, bu mablagʻning bir qismi xayriya ishlariga yoʻnaltiriladi.