7-iyul kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    Bugun kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Toshkent viloyatlarida (ayrim joylarda) biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Bugun kunning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (ayrim joylarda), kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Toshkent viloyatlarida (ayrim joylarda) biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

    Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda — Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 32-37° boʻladi. Poytaxtimizda ham kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.

    Poytaxtimizda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36° boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° boʻladi.