Emissiya tarkibida zaryadlangan zarrachalardan tashkil topgan milliard tonnagacha plazma boʻlishi mumkin. U sayyoramizga 7-iyul, juma kuni yetib kelishi taxmin qilinmoqda.
Zaryadlangan zarralar Yerning magnit maydoniga, magnitosferaga kirganida, ular geomagnit boʻronlarini keltirib chiqaradi. Mazkur boʻronlar sunʼiy yoʻldoshlarning ishlashiga salbiy taʼsir koʻrsatishi va yer yuzasida energiya va aloqa infratuzilmasini buzishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.