Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatida 600 millionga yaqin odam jabrlanadi, 420 ming kishi mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish tufayli vafot etadi. Achinarlisi, ularning 125 ming nafarini 5 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil etadi.
Mamlakatimizda 2024-yilning 1 choragida 18 ta ovqatdan zaharlanish holatlari qayd etilgan bo'lib, bunda 143 nafar fuqaro jabr ko'rgan.
Tahlillar shuni ko'rsatyaptiki, bunday holatlarning aksariyati uy sharoitida tayyorlanayotgan konserva mahsulotlari, yovvoyi qo'ziqorin iste'mol qilish, kimyoviy moddalardan zaharlanish tufayli yuz bermoqda.
7-iyun sanasi Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni sifatida belgilangan. Joriy yilda ushbu sana “Oziq-ovqat xavfsizligi: kutilmagan vaziyatlarga tayyorlaning!” shiori ostida bo'lib o'tmoqda.
Zulxumor Akbarova