7 nafar haydovchi ishdan boʻshatildi

    Transport 12 Dekabr 2023 920

    Haydovchilar avtobusni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan.

    11-dekabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Joʻrayev tomonidan avtobusni boshqarish vaqtida uyali aloqa telefonidan foydalanish holati yuzasidan nazorat tadbiri (reyd) oʻtkazildi.

    Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

    Reyd natijalari boʻyicha 7 nafar haydovchi avtobusni boshqarish vaqtida telefondan foydalanayotganligi aniqlandi.

    Yoʻl harakati qoidalarining 128-1-moddasini qoʻpol ravishda buzganligi va korxona ichki mehnat tartibini buzganligi uchun quyidagi haydovchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi:

    1. Bobojonov Fazliddin (2-avtobus saroyi, 89-yoʻnalish haydovchisi);
    2. Boqijonov Ahmad (4-avtobus saroyi, 135-yoʻnalish haydovchisi);
    3. Navroʻzbekov Ixtiyor (5-avtobus saroyi, 44-yoʻnalish haydovchisi);
    4. Rasulov Teshavoy (8-avtobus saroyi, 43-yoʻnalish haydovchisi);
    5. Joʻrayev Shokir (18-avtobus saroyi, 35-yoʻnalish haydovchisi);
    6. Karimov Xalil (18-avtobus saroyi, 46-yoʻnalish haydovchisi);
    7. Eminov Aziz (18-avtobus saroyi, 53-yoʻnalish haydovchisi).

    “Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun, agarda ciz avtobus haydovchisining uyali aloqa telefonidan foydalanayotganligini guvohi boʻlsangiz ”Toshshahartransxizmat“ AJning 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni yoki bizning Instagramʻdagi rasmiy sahifamiz @toshbusʻni belgilagan holda qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchi haqida post (istoriya) orqali xabar berishingizni soʻraymiz. Biz, albatta, ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini koʻramiz”, - deyiladi xabarda.