Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar iyul oylarida jami 3,4 mln nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Joriy yilning yanvar iyul oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
Tojikiston – 676,4 ming nafar;
Qozogʻiston – 526,4 ming nafar;
Rossiya – 159,7 ming nafar;
Turkiya – 123 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;
BAA – 70,6 ming nafar;
Misr – 22,2 ming nafar;
Quvayt – 16,7 ming nafar;
Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar;
boshqa davlatlar – 91,5 ming nafar.