7 oyda qancha nikoh qayd etilgani maʼlum boʻldi

    Mamlakatimizda 23 Avgust 2024 1219

    Shu yilning yanvar iyul oylarida 97,4 mingta nikoh holati qayd etilgan.

    Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda 97,4 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

    Jami nikohlarning qayd etilgan hududi boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

    — shahar joylarda – 50,1 mingta;

    — qishloq joylarda – 47,3 mingta.