7 turdagi nafaqalar birgina pasport bilan tayinlanmoqda

    Raqamlashtirish 12 Oktabr 2021 393

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 248-son qaroriga asosan 2021-yil 1-avgustdan boshlab Pensiya jamgʻarmasi tomonidan tayinlanadigan 7 turdagi nafaqalarga murojaat qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilmmoqda.

    Ushbu xizmat amaliyotga joriy etilishi orqali fuqarolardan birgina shaxsni tasiqlovchi xujjat (pasport, ID-karta) talab etilishi fuqarolarga yengillik yaratildi.

    Bugungi kun holatiga Respublika boʻyicha 13712 nafar fuqaroga 7 turdagi nafaqalar tayinlandi. Shundan yoshga doir 2922, Boquvchisini yoʻqotganlik 1209, Nogironlik 4062, 18 yoshgacha nogironlik nafaqasi 3734, Bolalikdan nogiron 18 yoshdan kattalar uchun nafaqa 1550, OIV infeksiyasiga chalinganlar uchun nafaqa 102 nafar va Bolalikdan nogironligi bor farzandlari bor onalarga beriladigan nafaqa 133 nafar tayinlandi.

    Ushbu xizmatlar mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

    Manba: Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati