732 million soʻmlik qingʻir reja amalga oshmadi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qoʻyish maqsadida tovar-moddiy boyliklarining respublikaga noqonuniy yoʻllar bilan kirib kelishiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

    Jumladan, Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbir davomida navbatdagi nayrang fosh boʻldi.

    Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro N.B. oʻz avtomashinasiga yuklangan dori vositalarini poytaxtimizdagi buyum bozorlaridan birida shartli xaridorga sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

    Natijada, tegishli hujjatlari boʻlmagan va sifati kafolatlanmagan qariyb 732 mln. soʻmlik jami 7705 dona “Mesopril KIT” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.