Tekshiruvda “S.M.” xususiy korxonasini norasmiy boshqarib kelgan R.L. 2020 2021-yillarda juda koʻp miqdorda savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzib, 1 mlrd soʻmlik qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan boʻyin tovlaganligi, shuningdek, 19 nafar fuqaroga ajratilgan 740 mln soʻm kredit evaziga taʼminotchi sifatida ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib bermasdan, oʻz ehtiyojlari uchun “Metan kompressor” uskunasini xarid qilganligi va Chiroqchi tumani Yangiobod koʻchasida 2 qavatli “Maishiy xizmat koʻrsatish binosi”ni qurib, oʻzining nomiga rasmiylashtirib, jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻlarini legallashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.L. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.