Oden Rudolf qalamiga mansub "Gitler" nomli mazkur kitob oradan yetmish besh yil o‘tib, mo‘ysafid 89 yoshni qoralagan vaqtda o‘z manziliga olib borib topshirilgan.
Yablonski kitobni uyini tozalash vaqtida topib olinganini aytgan.
Ta’kidlanishicha, kitob yaxshi saqlangan, hatto uning ichida kitob ma’lumotnomasi ham mavjud.
"Agar orangizda kimdir janob Yablonski kabi vaziyatga tushib qolsa, iltimos, minglab dollarlik jarimadan cho‘chimang. U 75 yildan so‘ng kitobni zimmasida hech qanday qarzsiz olib keldi. Buni siz ham uddalaysiz", dedi kutubxona mudiri yordamchisi Keyt Devis.
Xabarda aytilishicha, kutubxona o‘tgan yili muddati o‘tgan kitoblar uchun undiriladigan jarima to‘lovini bekor qilgan.