777 raqam sohibining avtomashinasi topildi

    Voqea-hodisalar 7 May 2024 727

    Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv sho''basi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar olib borilmoqda. 

    Aniqlanishicha, sudning qaroriga ko'ra da'vogar ATB "Kapitalbank" foydasiga javobgar D. M. dan kredit va uning foizlaridan 306 million so'm undirish belgilangan.

    Byuroning Chortoq tuman bo'limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davrida, qarzdor fuqaroga ixtiyoriy muddatda sud qarorida ko'rsatilgan mablag'ni to'lab qo'yish yuzasidan ogohlantirilgan.

    Biroq, qarzdor "olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim" qabilida ish tutib, majburiyatni bajarmagan. SHundan so'ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Tezkor ma'lumotlarga ko'ra, qarzdorga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport rusumi borligi aniqlangan.

    Lekin D.M. qarzdorlik to'lamasdan, avtomashinada harakatlanishni davom ettirgan.

    Oxir oqibat bugungi o'tkazilgan tadbir davomida KIA rusumli mashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.