8 bokschimiz jahon chempionati finaliga yoʻl oldi

    Ispaniyada boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yarim final bahslari yakunlandi.

    Avval xabar berganimizdek, Ispaniyada oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi boks boʻyicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etmoqda. Jumladan, 10 nafar yosh sportchilarimiz yarim finalga yoʻl olgan edi. Yarim finallar yakuniga koʻra, oʻzbekistonlik bokschilar yarim finalda 8 ta gʻalaba va 2 ta magʻlubiyat qayd etishdi.

    Oʻzbek bokschilarining yarim finallardagi natijalari:

    -48 kg: Gulsevar Gʻaniyeva - Novaoanni Nunyes (Dominikan Respublikasi) - gʻalaba

    -70 kg: Aziza Zokirova - Laura Moran (Irlandiya) - gʻalaba

    -81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Stigen Sorensen (Norvegiya) - gʻalaba

    -54 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev - Ashish (Hindiston) - magʻlubiyat

    -67 kg: Javohir Ummataliyev - Levi Barnes (Angliya) - gʻalaba

    -75 kg: Toʻrabek Xabibullayev - Kristian Barrera (Kuba) - gʻalaba

    -75 kg: Sahobat Husanova - Karolina Solano (Kolumbiya) - magʻlubiyat

    -57 kg: Baxtiyor Asadov - Chada Fipps (AQSH) - gʻalaba

    -71 kg: Fazliddin Erkinboyev - Aleksis Veita (Kuba) - gʻalaba

    -80 kg: Rahmatillo Boymatov - Frank Reynoso (Kuba) - gʻalaba

    Bokschilarimizning 8 nafari finalga yoʻl olgan boʻlsa, 2 nafari bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan boʻldi.

    Eslatib oʻtamiz, final janglari 25 va 26-noyabr kunlari oʻtkaziladi.