Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublika shimolida ertaga 7-dekabr kuni baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi.
Oʻzgidromet xabariga koʻra, havo harorati kechalari asosan -3...+2, kunduz kunlari +2...+7, shimolda kechalari -3...-8, kunduz kunlari -2...+3 daraja boʻladi.
8-dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Havo harorati 8-dekabrda kechasi va kunduzi 0...-5, shimolda kechasi -5...-10, kunduzi -2...-7 darajani tashkil etadi. 8-dekabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Baʼzi jylarga tuman tushadi.
Poytaxtda: 6-7-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan -1...+1, kunduz kunlari +2...+5 daraja boʻladi.
8-dekabrda kuchsiz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2...-4 daraja boʻladi.
Kelgusi haftaning boshida Oʻzbekiston boʻyicha harorat kechalari -5...-10, (Toshkentda -6...-8), shimolda -13...-18 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli oʻzgarmaydi.