Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat'iy rioya qilish talab etiladi:

➖ avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to'liq dezinfektsiya qilish;

➖ haydovchilarni tibbiy niqob va qo'lqoplar bilan ta'minlash hamda ularning muntazam ravishda o'z vaqtida almashtirib borish choralarini ko'rish;

➖ avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo'lovchilarni kiritish.

Transport vazirligining mas'ul xodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Yo'lovchilardan esa karantin talablariga qat'iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlash so'rab qolinadi.