8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 5 Mart 2024 7974

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin:

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Annaklicheva Gulistan Axmedovna - «Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Bag‘ishova Bilimxon Alimbekovna - Chortoq tumanidagi «Soz-soy» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati

    Jo‘raqulova Rano Muhamedjanovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatrining drama artisti

    Raximova Guloro - Xorazm viloyati musiqali drama teatrining yetakchi sahna ustasi

    Raximova Rayxon Abdurasulovna - Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi direktori

    Egamberdiyeva Turgunoy Axamadjonovna - Farg‘ona davlat universitetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Aymuratova Liza Aytmuratovna - «Quo‘anish jarma» irrigatsiya tizimi boshqarmasi muhandis-gidrotexnigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Aslonova Emma Sergeyevna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi

    Axmedova Maxsuma To‘xtamurodovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

    Baxramova Rizvon Axrorovna - Buxoro viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

    Voxidova Matlubaxon Manonovna - So‘x tumanidagi «Mulki Bovohid» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

    Djakeyeva Zamira Derbisovna - Tomdi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, Navoiy viloyati

    Djuraliyeva Azamat Turayevna - Termiz tumanidagi «Temur bobo» fermer xo‘jaligi agronomi, Surxondaryo viloyati

    Do‘liboyeva Barchinoy Abdurasulovna - Baxmal tumanidagi «Barlos» folklor jamoasi badiiy rahbari, Jizzax viloyati

    Yesimxanova Regina Aleksandrovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent yuk vagon deposi vagon yig‘uv sexi kran mashinisti

    Zyangurova Ruzaliya Shafkatovna - Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

    Iskandarova Roza Raxmanovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya pedagogikasi kafedrasi dots.nti

    Kayumova Malikaxon Abduraximovna - Pop tumanidagi «Papfen» mas’uliyati cheklangan jamiyati operatori, Namangan viloyati

    Muradova Gulzira Sariyevna - Mirishkor tumanidagi «Yangi Mirishkor agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati

    Sergeyeva Yuliya Vladimirovna - O‘rta Chirchiq tumanidagi «Kim Pen Xva chorva» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

    Xamroyeva Gulnoza Mamatmuratovna - Pastdarg‘om tumanidagi 8-oilaviy bolalar uyi rahbari, Samarqand viloyati

    Xodjayeva Sayyora Ataxanovna - Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori

    Sherova Saodat Otajanovna - Shovot tumanidagi «Shovot qal’a bioservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

    Ergaziyeva Mayramxon Satvoldiyevna - «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, do‘ppido‘z

    Yagafarova Nailya Munirovna - «12-trest» aksiyadorlik jamiyatining arxitektorlar va dizaynerlar bo‘limi yetakchi arxitektori, Toshkent shahri

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Bafoyeva Sidiqa Xamroyevna - Kogon shahridagi «Arabxona» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati

    Norbayeva Zevarjon Tangriberganovna - Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

    Tashmatova Zulfiya Azizovna - Chilonzor tumanidagi «Ko‘rkam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

    II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

    Buriyeva Sharofat - Paxtachi tumanidagi «Hakimqul» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati

    Normurodova Ma’rifat Egamurodovna - Sherobod tumanidagi «Euro Med Plus» diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo viloyati

    Xolboyeva Gulnoz Baxadirovna - Toshkent shahri tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi anesteziolog- reanimatologi

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Azimova Rano Ismailjanovna - Xonobod shahridagi «Kampirrovot» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Andijon viloyati

    Xalikova Olga Andreyevna - Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati

    «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

    Imamova Yulduz Allanazarovna - Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Surxondaryo viloyati

    Rasulova Gulbaxor Obidovna - Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining 2-ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Jizzax viloyati

    «Kelajak bunyodkori» medali bilan

    Atadjanova Dildora Adilbek qizi - Sergeli tumanidagi «Dalatech Systems» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

    Mamatmo‘minova Iqbol Erkin qizi - Sho‘rchi tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Surxondaryo viloyati

    Mashrabova Muxlisa Alijon qizi - Andijon davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi, Andijon viloyati

    Xudoyberdiyeva Malika Valijon qizi - Uchquduq tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Navoiy viloyati

    «Shuhrat» medali bilan

    Abdug‘ofurova Feruzaxon Tojimatovna - Buloqboshi tumanidagi «To‘lan fayz» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

    Abdukarimova Saodat Jumanazarovna - Yangiariq tumani «Yangiariq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Xorazm viloyati

    Ametova Gauxar Gulmuratovna - «Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining bo‘lim muhandisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Atoyeva Rahima Kamolovna - Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Buxoro viloyati

    Achilova Firuza Kurbanovna - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali logistikada axborot texnologiyalari kafedrasi dots.nti, Qashqadaryo viloyati

    Bobokulova Gulnora Normatovna - Jizzax shahridagi «Zilol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati

    Giyozova Inobat Sulaymonovna - Parkent tumanidagi «Kumushkon saxovati» oilaviy turizm korxonasi direktori, Toshkent viloyati

    Dulabova Nafisa Yusupovna - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining regional va rudali geologiya bo‘limi boshlig‘i

    Jumanazarova Gulchexira Jumaxmetovna - Kegeyli tumani «Xalqobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Ismoilova Mamlakat Norqulovna - «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining markaziy ta’mirlash sexi kran mashinisti, Navoiy viloyati

    Israilova Buayshaxon Abdurasulovna - Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uchkurgan Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «John Deere» paxta terim kombayni mexanizatori, Namangan viloyati

    Ishonqulova Dilrabo Sayfiyevna - Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilmasi kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati

    Karimberdiyeva Dilbar Ziyatdinovna - To‘rtko‘l tumanidagi «Ayaz yurt» oilaviy turizm korxonasi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Koshipjonova Uktamxon Salimovna - Toshloq tumanidagi «Zamin Aziya Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

    Kurbanova Munavvara Abdujabbarovna - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi dots.nti

    Kuchkarova Sayyora Yuldashevna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodi velslash sexi shixtalovchisi, Toshkent viloyati

    Qodirova Nodira G‘ofurovna - Rishton tumanidagi «Olimjon Ilyosbek» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

    Mirmaxsudova Tamara Narkulovna - O‘zbekiston davlat drama teatrining drama artisti

    Negmatova Ulugoy Musanovna - Sardoba tumani telekommunikatsiya bog‘lamasining stansiya inshootlari guruhi aloqa elektr mexanigi, Sirdaryo viloyati

    Nuriddinova Manzura Toshqulovna - «Navoiyuran» davlat korxonasining «Uchquduq» ishlab chiqarish maydoni geotexnologik koni apparatchisi, Navoiy viloyati

    Patxitdinova Shaxnaza Abdaliyevna - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

    Primova Xolida Anorboyevna - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali axborot texnologiyalari kafedrasi professori, Samarqand viloyati

    Pulatova Saboxat Usmanovna - Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar kafedrasi professori, Buxoro viloyati

    Ruziyeva Dilorom Muxitdinovna - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, zardo‘z

    Soxibova Xusniobod Maxammadovna - Asaka tumanidagi 16-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

    Supiyeva Ziyoda Mirxakimovna - Shayxontohur tumanidagi «Lotus Gaz Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyatining minorali kran mashinisti, Toshkent shahri

    Toshmatova Xakimaxon Raximjonovna - Namangan shahridagi «Mega Star Flowers» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

    To‘ychiyeva Shoxista Xolboyevna - Nurota tumanidagi «Nurota qorako‘l naslchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Navoiy viloyati

    Turayeva Qunduz Xaitovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasi katta elektr mexanigi, Qashqadaryo viloyati

    Xudaynazarova Maloxat Juramuradovna - Yangiyer shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi farroshi, Sirdaryo viloyati

    Shamalikova Dilfuza Shayunusovna - «G‘uncha» jurnali bosh muharriri

    Shukurova Etibar Mirazizovna - Toshkent shahri obodonlashtirish bosh boshqarmasining markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasi ishchisi

    Egamberdiyeva Xurshida Primkulovna - Boyovut tumanidagi «Ibrat asademy» o‘quv markazi rahbari, Sirdaryo viloyati

    Yulborsova Motluba Omonovna - «O‘zyo‘lko‘prik» klasterining Farg‘ona viloyati filiali yo‘l bo‘limi ishchisi

    Yakubova Sharapat Mannonovna - Sharof Rashidov tumani obodonlashtirish boshqarmasi hudud tozalovchisi, Jizzax viloyati

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev