8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 6 Mart 2023 7515

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan opa-singillarimizni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlansin:

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Arziyeva Marxabo Imamnazarovna - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati

    Atabayeva Omatxon Karimjanovna - Andijon shahridagi «Siyovush gold trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati

    Axmedova Zulfiya Raxmonovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati

    Axmedshina Faniya Avzalovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati

    Begmatova Azza - O‘zbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi

    Qobilova Mavluda Umrzoqovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining bo‘lim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati

    Mazaxidova Nadira Tashpulatovna - Qo‘qon shahridagi «Qo‘qon yor-yori» ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Farg‘ona viloyati

    Mamatkulova Aysara Berdikulovna - Sardoba tumanidagi «Nurafshon dala sari» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

    Matyakubova Mexriban Kadamovna - «Hunarmand» uyushmasining Xiva shahar bo‘limi a’zosi, kashtachi, Xorazm viloyati

    Narmuradova Maxbuba Akramovna - Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshlig‘i, Samarqand viloyati

    Rajabova Marhabo Muxammadiyevna - Qorako‘l tumanidagi «Xosiyatli Qorako‘l nuri» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati

    Rasulova Muqaddam Mansurjonovna - O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori

    Saidmurodova Maksuda - Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Namangan viloyati

    Xaitova Ayjomal Nazirovna - Oltinsoy tumanidagi «Tuyaqush tillolari» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

    Xojametova Zamira Jumabayevna - Qo‘ng‘irot tumanidagi «Kungrad agro-solodko system» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna - Guliston shahridagi «Do‘stlik» madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati

    Alimova Arzixan Abdillayevna - «Hunarmand» uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi a’zosi, quroqchi

    Atalikova Yevgeniya Vladimirovna - Quvasoy shahridagi «Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Farg‘ona viloyati

    Bayramova Natalya Shamuratovna - Tuproqqal’a tumanidagi «Matyoqub Qodir» chorvachilik fermer xo‘jaligi texnologi, Xorazm viloyati

    Vasileva Tatyana Aleksandrovna - «O‘zaeronavigatsiya markazi» davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy bo‘linmasi dispetcheri

    Djurakulova Saodat Eshqobilovna - Boysun tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

    Ismailova Gavxar Abdumananovna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

    Kaipova Gulistan Sarsenbayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna - Paxtachi tumanidagi «Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

    Lyan Yekaterina - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri

    Nasridinova Shoxida Taufikovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Milk Foods Trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

    Nesterovich Lyudviga Petrovna - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh

    Riskulova Aynogul Junusovna - Marhamat tumanidagi «Marhamat 112-qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati

    Salimova Manzura Alimovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi

    Sariyeva Nurbibi Baymaxanovna - Konimex tumanidagi «Qorako‘l Uchtepa sur» mas’uliyati cheklangan jamiyati cho‘poni, Navoiy viloyati

    Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi

    Cho‘liyeva Ziynat Boboyevna - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish bo‘limi muhandisi, Buxoro viloyati

    Ergasheva Tanzila Nizamovna - Namangan shahridagi «Art Soft Tex» mas’uliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati

    Yuldasheva Mavluda Melikovna - Shahrisabz shahridagi «Ipak yo‘li» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Dadaboyeva Manzuraxon - Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

    Zoirova Aziza Ibragimovna - Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

    Zoxidova Mamuraxon Nasilloyevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i, yozuvchi

    Mirzayeva Mehriniso Latipovna - G‘ijduvon tumanidagi «Marjona E’zoza» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati

    Eshmamatova Dilorom Baxramovna - Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

    II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

    Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali og‘ir kuyish jarohatlari bo‘limi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

    Xolmurodova Zamira Baxromovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati

    Shavazova Muhabbat Ismatovna - Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi

    Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali ko‘z jarrohi, Samarqand viloyati

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Madaliyeva Feruza Maxamadovna - «Taraqqiyot» aholining turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish markazi rahbari, Farg‘ona viloyati

    Mirzayeva Yelena Sadullayevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Foreign Languages» telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-ma’rifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri

    Erkayeva Shoira Bahramovna - Qamashi tumanidagi «Mironshoh va Ibrohimjon» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

    «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

    Aleuova Gulistan Userbayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi

    Axatova Zamira Rustamovna - Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Samarqand viloyati

    Rasulova Lola Anvarovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining «Xo‘jayli» chegara bojxona posti katta inspektori

    Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

    «Kelajak bunyodkori» medali bilan

    Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi - Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Davronova Sharifa Jamsherovna - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Mannopova Fotima Said qizi - Toshkent shahridagi «Techno time academy» robototexnika maktabi direktori

    «Shuhrat» medali bilan

    Abdiyeva Mu’tabar Arslonovna - Sirdaryo tumanidagi «Reka-Med Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yig‘uvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati

    Abdukadirova Saida Islamovna - «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» filiali markazlashtirilgan ta’mirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

    Azimova Gulmira Djaxanovna - Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi

    Artikova Dilnoza Ilxombayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi

    Voxidova Nilufar Umarovna - «Hunarmand» uyushmasining Chust tumani bo‘limi a’zosi, do‘ppido‘z, Namangan viloyati

    Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna - Xo‘jayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Maxmuda Zarina Zarifa» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

    Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna - O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi mutaxassisi, «Oqila ayollar» harakati a’zosi

    Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi

    Kasimova Shoira Satvoldiyevna - Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

    Qaxorova Iroda Iminjonovna - Uychi tumanidagi «Ziyokor» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati

    Qilicheva Oysha Tenglashevna - Nurota tumanidagi «Muruvvat» nogironlar uchun erkaklar internat uyi xo‘jalik bekasi, Navoiy viloyati

    Mexmonova Ro‘zixon Abduvaliyevna - Baliqchi tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati

    Mustafayeva Shaxnoza Bayzakovna - Yangiyo‘l shahridagi «Dugonalar» nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati

    Muxutova Lola Muhammadovna - Olot tumanidagi «Olot kashtado‘zlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

    Nurjanova Saboxat Shomuratovna - «Ichan qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

    Samiyeva Guzal Muxitdinovna - Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

    Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi - «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining ko‘prikli kran mashinisti

    Usmonova Gulnora Xoshimjonovna - Bag‘dod tumanidagi «Gulnora Matqulobod bodomlari» ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Farg‘ona viloyati

    Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati

    Xaliyarova Xabiba Alekseyevna - G‘uzor tumanidagi «Mohigul Mohlaroyim jilosi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

    Xodjibolayeva Ra’no Odilovna - Farg‘ona shahridagi «Surxtepa» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Farg‘ona viloyati

    Sherova Zulfiya Maxmudovna - Sho‘rchi tumanidagi «Sho‘rchi Aziz agrofirma» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev