Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu mablagʻlar yildan yilga kapitalizatsiya hisobiga jamgʻarilib boradi. Bola 18 yoshga toʻlgach, ushbu mablagʻlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlib, mustaqil hayotga qadam qoʻyish uchun ilk qarorlarini qabul qilishi mumkin.
9 yoshdan yuqori boʻlgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Bu qulaylik, xavfsizlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida amalga oshirildi. Ijtimoiy karta bugunoq foydali: u orqali jamoat transportidan imtiyozli sharoitlarda foydalanish, xaridlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, shaxsni tasdiqlash, shuningdek, ijtimoiy yordam va xizmatlarni olish huquqini tasdiqlash mumkin. Barcha operatsiyalarni Baraka mobil ilovasi orqali kuzatish va nazorat qilish mumkin.
Ushbu qoʻllab-quvvatlash davlat gʻamxoʻrligiga alohida muhtoj boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan:
- mahallalarda istiqomat qiluvchi yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
- mehribonlik uylari, oilaviy va kichik hajmli bolalar uylari hamda SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari;
- ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish chogʻida halok boʻlgan bolalar;
- “Taskin” bolalar xospisi huzuridagi bolalar onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar.
“Taskin” bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun alohida tartib belgilangan:
- depozit hisob raqamidagi mablagʻlar zaruratga koʻra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga oʻtkazilishi mumkin.