8 mingdan ziyod xato va kamchiliklar topib berildi

    Ta'lim 11 Iyul 2020 1906

    Respublika taʼlim markazi tomonidan maktab darsliklarini nashrga tayyorlash jarayonida taʼlim muassasalari oʻquvchilari, oʻqituvchilar va ota-onalar, jamoatchilikning fikri oʻrganildi.

    Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun darsliklarning mazmuni, dizayni va matnida imlo xatolarsiz nashrga tayyorlash, amaldagi darsliklarda mavjud xato va kamchiliklarni tuzatish maqsadida, “Darsliklarga taklif — 2020” (@darslikka_taklif_bot) telegram bot kanali tashkil etildi.

    Mazkur kanalga 8 mingdan ortiq taklif kelib tushdi. Respublika taʼlim markazi mutaxassislari tomonidan oʻrinli, deb topilgan 1600 ga yaqin taklif qabul qilindi. Darsliklarni davriylik asosida nashrga tayyorlash jarayonida mazkur takliflar inobatga olinadi.