Qoʻmita tomonidan 28 ta masala roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida koʻrib chiqildi.
Shuningdek, 15 ta masala kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga bagʻishlandi. Ular orasida, Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlar talablariga rioya etilishi, bank va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirqin qurollarni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid masalalar muhokama qilindi.
Prudensial talablarga rioya etmagani va qonunchilikda belgilangan qoidalarga amal qilmagani sababli 7 ta bank va 13 ta toʻlov tashkiloti kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 8 ta bankka nisbatan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalarini buzgani hamda bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonidagi qonunbuzarliklar uchun jarima sanksiyalari qoʻllanildi.
Bunga oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida va ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar, shuningdek, bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish yoʻnalishida qonunchilik talablariga rioya qilinmagani sabab boʻlgan.
Xabarda mazkur banklar nomi keltirilmagan.









