Qayd etilishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi biroz qor yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;
havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari;
havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.