Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Khankhuuluu mongoliensis deb nomlangan yangi tur og'irligi taxminan 770 kilogram va uzunligi taxminan 4 metrga yetishi mumkin bo'lgan kichik tiranozavrdir, deb xabar beradi report.az.
Qayd etilishicha, 1970-yillarda Mo'g'uliston Gobi cho'lida to'liq bo'lmagan ikkita skelet topilgan, biroq ular dinozavrning boshqa turiga tegishli edi. O'shandan beri qazilma qoldiqlar 2023-yilgacha o'rganilmagan. Bu kashfiyot tiranozavr turlarining evolyutsiyasi va kech bo'r davrida ularning tarqalish qonuniyatlariga yangi oydinlik kiritadi, dedi Kalgari universitetining tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti ABC telekanaliga.








