Yana bir holatda, poytaxtimizdagi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga temir yoʻl konteynerida keltirilgan yuklar hujjatlarga koʻra aslida salkam 6 ming dollar qiymatidagi 6 turdagi xoʻjalik tovarlari boʻlishi lozim edi.
Ammo, mazkur konteynerning inspeksion koʻrik majmuasi orqali olingan skaner tasvirlari buni tasdiqlamadi. Konteyner belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, unda hujjatlarda koʻrsatilmagan umumiy qiymati 3,8 milliard soʻmlik 42 nomdagi xoʻjalik mollari va kosmetika vositalari ortilgani aniqlandi.
Tahlillarga koʻra hujjatlarda koʻrsatilmagan tovarlar uchun aslida
1 milliard 66 million soʻmdan ziyod bojxona toʻlovlari hisoblangan. Hujjatlarda koʻrsatilgan tovarlar uchun esa bu meʼyor 74 million 947 ming soʻmni tashkil qilgan, xolos.
Shuningdek, ushbu postda aniqlangan yana bir holatda chetdan keltirilgan mayner yaʼni hisoblash mashinalari tovarlari koʻzdan kechirilganida, yuklar orasida 140 dona mayner hujjatlarda koʻrsatilmagani fosh etildi.
Hujjatlarda koʻrsatilmagan tovarlarning umumiy qiymati esa
435 million 308 ming soʻmni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.