Bu haqda Transport vazirligi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati.
Taʼkidlanishicha, Islom Karimov koʻchasining Furqat koʻchasidan Olmazor koʻchasigacha boʻlgan qismi avtomobillar harakati uchun toʻliq yopilishi sababli, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 51-sonli yoʻnalish harakati I.Karimov koʻchasidan Afrosiyob, Beshyogʻoch, Furqat koʻchalari orqali vaqtinchalik oʻzgartiriladi.
Shuningdek, 141-sonli yoʻnalish harakati Qoratosh koʻchasidan Furqat, A.Navoiy, Olmazor koʻchalari orqali, 196-sonli yoʻnalish harakati Afrosiyob koʻchasidan Beshyogʻoch, Furqat, A.Navoiy koʻchalari orqali, keyingi harakati oʻz yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilidi.
Tadbir ishtirokchilarining belgilangan manzillargacha harakatlanishi jarayonida, ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanishi sababli, quyidagi yoʻnalishlarda oraliq interval vaqtlari va qatnov vaqtlarining ortib ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin:
Bobur koʻchasi orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yoʻnalishlarida;
Nukus koʻchasi orqali harakatlanuvchi 2, 12, 80, 81, 97, 127, 196-sonli yoʻnalishlarda;
Oybek koʻchasi orqali harakatlanuvchi 57, 67-sonli yoʻnalishlarda;
Afrosiyob koʻchasi orqali harakatlanuvchi 13, 196-sonli yoʻnalishlarda;
Sh.Rashidov koʻchasi orqali harakatlanuvchi 30, 37, 57, 85, 97, 140-sonli yoʻnalishlarda;
I.Karimov koʻchasi orqali harakatlanuvchi 1, 19, 21, 51, 60, 67, 85-sonli yoʻnalishlarda;
A.Navoiy koʻchasi orqali harakatlanuvchi 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 97, 115, 140-sonli yoʻnalishlarda.
Jamoat transportini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik oʻzgarishlarni hisobga olgan holda Xalqaro Aeroportga borishni rejalashtirgan hamyurtlarimizdan oʻz vaqtlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etamiz hamda keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.
Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, yoʻlovlar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.