Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda oʻtkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini koʻrsatgan boʻlib,  Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va oʻsmirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etilgan.

5-oktyabr holatiga koʻra, yurtimizda 87 710 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati. 

Hozirda yurtimizda ommaviy vaksinatsiya tadbirlari 3 138 ta emlash punktida va 18 828 ta harakatdagi brigadalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Hududlardagi istalgan emlash punktida 12 yoshdan katta bolalar ota-onalari va vasiylarining roziligi asosida koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin.

Maʼlumot uchun, mamlakatimizga jami 1 200 000 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan boʻlib, 5-oktyabr holatiga koʻra, ushbu vaksinaning 465 010  dozasi emlash jarayonlarida foydalanildi.