Ohangaron shahar FHDYO bo'limi xodimlari fuqaroga guvohnomani sud qarori orqali olish mumkinligi haqida huquqiy tushuncha berib, bu borada kerakli hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko'rsatdi.
Ohangaron tumanlararo sudi tomonidan tug'ilganlik dalolatnoma yozuvini tiklash yuzasidan sud hal qiluv qarori chiqdi. Shahar FHDYO bo'limi xodimlari tomonidan Kim Anatoliyga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati