Har yili 9-avgust sanasida keng nishonlanadigan Xalqaro kitobsevarlar kuniga kim qachon asos solgani noma'lum. Ammo muhimi, nationaltoday.com saytida yozilishicha, bu kunni dunyo kitobsevarlari smartfonlarini o'chirib, yaqinlarga kitob ulashish va mutolaa bilan o'tkazadilar.

Mazkur bayram dastlab AQSHda kitobxonlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Keyinchalik bu an'ana dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar orasida keng ommalashdi.

Har yili ushbu sanada turli davlatlarda kitob do'konlari tomonidan ko'rgazmalar, yarmarkalar tashkil etilishi odat tusiga kirgan. Shoir-yozuvchilar o'zlarining yangi asarlari taqdimoti bilan kitobsevarlarni xushnud etadi. Zero, kitobxonlikni shu tarzda ommalashtirish mazkur bayram sanasining asosiy vazifalaridan sanaladi.