2004- yildan buyon ushbu sana munosabati bilan butunjahon miqyosida korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, keyingi yillarda yurtimizda ham korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazib kelinmoqda. Bu yil mazkur sanani yuqori saviyada o'tkazish va qamrov darajasini oshirish maqsad qilingan. O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning noyabr`–dekabr` oylari davomida Korruptsiyaga qarshi kurashish haftaligi tashkil etiladi. Tadbirlar doirasida davlat organlari va tashkilotlari, NNTlar, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida muhokama va anjumanlar, yoshlar ishtirokida trening va o'quv darslari, keng aholi qatlami o'rtasida jamoatchilik fikri so'rovlari o'tkaziladi. 

Е'tiborlisi, korruptsiyaga qarshi kurashish masalasiga bag'ishlangan “Yoshlar press-klubi”, “Xalqaro press-klub”ning maxsus sonlarini tasvirga olish, qator davlat organlari va tashkilotlarida qiziqish bildirgan fuqarolar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etish rejalashtirilgan.

Haftalik doirasida ilk bor tadbirkorlar ishtirokida biznes yuritishga to'sqinlik qiluvchi korruptsiyaviy omillar muhokamasiga bag'ishlangan forum hamda xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ochiqlik va korruptsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari yuzasidan Toshkent forumi bo'lib o'tadi.

Shuningdek, Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va qator xalqaro tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan “Korruptsiyani birgalikda engamiz!”  tanlovi g'oliblari ham mazkur haftalik doirasida tantanali taqdirlanadi.

Haftalik dasturi va boshqa qo'shimcha ma'lumotlar Agentlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muntazam e'lon qilib boriladi.