Jumladan, bojxona postiga xorijdan qiymati 406 ming dollardan ortiq 3 turdagi tovarlar keltirildi.

Mazkur tovarlarga elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasidagi “Oʻsimlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar kodlarida shubha uygʻongani sababli bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Tovarlarni koʻzdan kechirish davomida tovar qadogʻi ustlariga qoʻlbola tarzda tovar yorliqlari yopishtirilgani aniqlandi. Natijada qiymati 9 mlrd. soʻmni tashkil etuvchi 48 952 quti “oʻsimlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlari vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, oʻtkazilgan ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur tovarlarning tovar kodlari notoʻgʻri tasniflanishi natijasida 1 mlrd. 72 mln. soʻmlik qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.