Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 106,1 trillion soʻmni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 105,4 foizni tashkil etdi.
Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,6 foizni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar:
don ekinlari – 6,3 million tonna;
sabzavotlar – 7,8 million tonna;
kartoshka – 2,5 million tonna;
poliz ekinlari – 1,4 million tonna;
meva va rezavorlar – 2,1 million tonna;
uzum – 1,3 million tonna.